AsosiyJamiyat

Endi hokimlar bir vaqtning o`zida deputat bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi

'Endi hokimlar bir vaqtning o`zida deputat bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi'ning rasmi

Konstitusiyaning 99-moddasiga bu borada qo`shimchalar kiritilishi ko`zda tutilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiev bu haqda xabar berdi.

Ma`lum  qilinishicha, jamoatchilikning qizg`in muhokamasiga sabab bo`lgan masalaga oid muhim qoida ham Konstitusiyada o`z aksini topishi kutilyapti. 

99-moddaga kiritilishi taklif etilayotgan yangi qismga ko`ra, viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o`zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Shuningdek, amaldagi Konstitusiyaning 112-moddasiga ham yangi qism qo`shilishi ko`rib chiqilmoqda.

Ya`ni davlat sudyaning va uning oila a`zolarining xavfsizligini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar