AsosiyJamiyat

Ertaga Andijonning ko`plab hududlarida gaz o`chadi

'Ertaga Andijonning ko`plab hududlarida gaz o`chadi'ning rasmi

2022 yil 23 sentyabr soat 09:00 dan soat 17:00 ga qadar vaqt  orilig`ida tabiiy gazdan foydalanuvchi iste`molchilarini bir me`yorda gaz bilan ta`minlash, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida hududlardagi gaz quvurlari va qurilmalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Yu.Otabekov ko`chasida joylashgan diametri D-159 mm bo`lgan gaz quvurini tartibga keltirish, nosoz qismlarini ta`mirlash va bir qismini er ostiga olish ishlari rejalashtirilgan. «Hududgaz Andijon» gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati bu bo`yicha ma`lumot berdi.

Shunga ko`ra, Andijon shahrining «Istiqlol» MFY (1675 ta), «Shifokor» MFY (1697 ta), «Bunyodkor» MFY (2000 ta), «Qo`shariq» MFY (1959 ta), «Gumbaz» MFY (786 ta), “”Yaxshi” MFY (355 ta), «Obod» MFY (165 ta), «Poloson» MFY (486 ta) hamda «Shaytepa» MFY (605 ta) o`ramidagi jami 9 728 ta aholi xonadonlari va 9 ta ulgurji iste`molchilar uchun 2022 yil 23 sentyabr soat 09:00 dan soat 17:00 ga qadar gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.  

Shundan,  

  • Andijon shahar ko`p tarmoqli shifoxonasi;
  • Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseri;
  • Andijon viloyati onkologiya dispanseri;
  • Andijon viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri;
  • Andijon viloyat «Saxovat uyi»;
  • Andijon viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi;
  • Andijon Olimpiya va paraolimpiya zahiralar kolleji;
  • Andijon viloyat 28-DIMI;
  • «Edikeyshn» nodavlat ta`lim muasssasi.  

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti soat 17.00 dan qayta tiklanadi.  

Keltiriladigan noqulayliklar uchun gaz iste`molchilaridan uzr so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar