O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al-Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tantanali marosim Abu-Dabidagi "Qasr Al-Vatan" qarorgohida bo`lib o`tdi.
Bo`lib o`tgan qisqa suhbat chog`ida BAA Prezidenti bugungi kunda O`zbekiston-BAA munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotganini ta`kidladi. Rasmiy Abu-Dabi O`zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun barcha choralarini ko`rishga tayyorligi qayd etildi.






