AsosiyDunyo

NATO Xitoyni Rossiyaga ta`sir o`tkazishga chaqirdi

'NATO Xitoyni Rossiyaga ta`sir o`tkazishga chaqirdi'ning rasmi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda Pekinni Rossiyaga Ukraina masalasida ta`sir o`tkazishini so`radi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz" syti.

Bosh kotib bu haqda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qilgan. U Van I bilan Nyu-Yorkda, BMT Bosh assambleyasi doirasida uchrashgan.

“Men Xitoyni Ukrainadagi mojaroning tugallanishi uchun Rossiyaga ta`sir o`tkazishga chaqirdim”, – degan Stoltenberg.

Tomonlar, shuningdek, Tayvan masalasini ham muhokama qilgan. Alyans etakchisi NATOning global xavfsizlik bo`yicha muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Stoltenberg Ukraina mojarosining qachon tugashi noma`lumligini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar