AOKAda o`tkazilgan brifingda Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo`jaeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan MTMlarda bolalar salomatligi yuzasidan sodir bo`layotgan muammolar haqida bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, avgust – sentyabr oylari davomida Respublikamizning turli viloyatlaridagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning ich ketishi, ko`ngil aynishi kabi holatlar bilan shifoxonaga yotqizilganligi kuzatildi.
Jumladan, Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi 39-sonli DMTTdan 8 nafar, Marg`ilon tumani 16-sonli DMTTdan 8 nafar, Marg`ilon shahar 24-sonli DMTTdan 4 nafar, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 16-sonli MMTdan 11 nafar, Qashkadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan 32-son DMTTdan 5 nafar bola yuqumli kasalliklar bo`limiga yotqizilgan.
️Ta`kidlanishicha, diareyaga faqatgina ovqatlanish jarayoni emas, balki qo`lni toza yuvmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmasdan iste`mol qilish ham sabab bo`lishi mumkin.
Shuningdek, ich ketishi, isitma, ko`ngil aynishi kabi holatlar faqatgina ovqatdan zaharlanish jarayonida kuzatilmaydi. Kuz mavsumi bakteriya va viruslarning faollashadigan fasli hisoblanadi.






