AsosiyJamiyat

Moskvadan Urganchga muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi

'Moskvadan Urganchga muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasiga tegishli samolyot Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 22 sentyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da aviakompaniyaga tegishli Airbus A321 samolyoti Moskva—Urganch—Moskva yo`nalishi bo`yicha 208 nafar yo`lovchini Urganchga olib kelgan. An`anaga ko`ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.

Xabarda aytilishicha, Moskvadan Urganchga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Avvalroq aviakompaniya Moskvadan Namangan va Samarqandga to`g`ridan to`g`ri reyslarni yo`lga qo`ygandi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq "Yamal" aviakompaniyasi Namangan va Samarqandni Moskva bilan to`g`ridan-to`g`ri reyslar orqali bog`lagan edi.

 

    Boshqa yangiliklar