O`zbekistondagi barcha avtosalonlarda 8 avgustdan boshlab yangi avlod Nexia avtomobili sotila boshlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 18 avgustda esa mazkur avtomobilning ilk xaridorlari Nexia III avtomobiliga ega bo`lishdi. Bu haqda GM Uzbekistan`ning Facebook`dagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.
“Driver’s Village” avtosalonida yangi Nexia tantanali tarzda o`z egalariga topshirildi. Shuningdek, GM Uzbekistan tomonidan avtomobil egalariga bonus sifatida avtoaksessuarlar ham taqdim etildi.





