AsosiyDunyo

Kobuldagi masjidda juma namozidan keyin portlash sodir bo`ldi

'Kobuldagi masjidda juma namozidan keyin portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Afg`oniston poytaxti Kobul shahridagi Vazir Akbon Xon masjidi yaqinida terakt uyushtirildi, deb xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, juma namozi tugagandan so`ng odamlar masjiddan chiqib ketayotganida portlash sodir bo`lgan.

"Qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillaridir", — deydi Kobul polisiyasi vakili Xolid Zadran.

Hujum oqibatida kamida to`rt kishi halok bo`lgan, yana 10 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Eslatib o`tamiz, Afg`onistonda juma namozi paytida masjid portlagan edi.

    Boshqa yangiliklar