1

Toshkentda tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish taklifi deputatlar tomonidan rad etilgani rostmi?

Jamiyat 24.09.2022, 19:00
Toshkentda tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish taklifi deputatlar tomonidan rad etilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining ayrim ko`chalarida belgilangan tezlikni 10 km/soatga pasaytirish, ya`ni 60 km/soat qilib belgilash to`g`risida Toshkent shahar IIBB YHXB taklifi poytaxtlik deputatlar tomonidan rad etilgani haqida ma`lumotlar tarqaldi.

Holatga xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi rasmiy munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, poytaxtlik deputatlar tomonidan Toshkent shahar IIBB YHXBning shaharning ayrim ko`chalarida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini soatiga 60 kilometrgacha kamaytirish to`g`risidagi taklifi ko`rib chiqilgan.

Deputatlar kiritilgan taklifni muhokama qilish jarayonida aloqador idora va tashkilotlar bilan birgalikda har tomonlama va chuqur o`rganish zarurligi, bunda Toshkent shahar ko`cha va yo`l tarmog`i, aholining harakatlanish oqimlari yo`nalishlarini va shu kabi bir qator omillarni hisobga olish zarurligini bildirgan.

"Mazkur taklif rad etilmagan bo`lib, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga qayta kiritish to`g`risida qaror qabul qilinganligi ma`lum qilinadi", deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev  fevral oyida Samarqand shahriga qilgan tashrifida ayrim gavjum ko`chalarda hozirgi  tezlikni 70 km/soatdan 60 km/soatgacha tushirish zarurati borligi ko`rsatib qo`ygandi. "Yaqinda Toshkentda tezlik ko`pi bilan 60 km/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi", — degan edi shunda davlat rahbari.

Prezident poytaxt va yirik shaharlardagi markaziy ko`chalarda tezlik cheklovlarini ilmiy asoslanib belgilash lozimligi qayd etgandi.

Umuman olganda rivojlangan mamlakatlarning megapolislarida 60 km/soat uzoq vaqtdan beri qabul qilib bo`lmaydigan tezlik bo`lib kelgan, chunki bu piyodalar uchun ham havfli sanaladi. Jahonning ko`plab shaharlarida tezlik 40-50 km/soat qilib belgilangan. Masalan, Olmaota shahrida 2025-yildan boshlab transport harakati tartibga solinadigan shaharning asosiy ko`chalarida, shuningdek, mahalliy va viloyat ahamiyatidagi ko`chalarda tezlikni 30-50 km/soatgacha cheklovchi hujjat tasdiqlandi.

Ma`lumot uchun, bugungi kun uchun ruxsat etilgan maksimal tezlik Parijda - 30 km/soat, Londonda - 20 mil/soat (32 km/soat), ba`zi yo`llarda 30 mil/soat (48 km/soat), Nyu-Yorkda - soatiga 25 mil (40 km/soat), Rossiyada 50 km/soat (ayrim ko`chalarda 30 km/soat) etib belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1