1

Magistrlar 2-kursda ham to`lovlar super kontrakt miqdorida undirilayotganidan norozi

Jamiyat 25.09.2022, 08:52
Magistrlar 2-kursda ham to`lovlar super kontrakt miqdorida undirilayotganidan norozi

2-bosqich magistratura talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali bu yilgi o`quv jarayoni uchun amalga oshiriladigan to`lov shartnoma pullarining qimmatligidan norozi bo`lib murojaat yo`llashmoqda.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi holatni izohladi.

Unga ko`ra, davlat rahbarining 2021 yil 22 iyundagi PQ–5157-sonli  va 2022 yil 15 iyundagi PQ–279-sonli qarorlarida davlat oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga qo`shimcha qabul parametrlari asosida o`qishga qabul qilinganlarning to`lov-kontrakt summasi bir talabaga to`g`ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta`lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi ko`rsatilgan.

Qarorlarga muvofiq, magistratura (klinik ordinatura)ga o`tgan o`quv yilida qo`shimcha qabul qilingan talabalar belgilangan to`lov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-o`quv yilida ham shu miqdorda to`lashlari lozim.

"Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi to`lov miqdori noto`g`ri, ya`ni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.  

Eslatib o`tamiz, bu to`lov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.  

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan to`lovlar borasida savol tug`ilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini so`rab qolamiz", – deyiladi vazirlik izohida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1