1

Ronaldu o`yin vaqtida burnini sindirib oldi

Sport 25.09.2022, 12:24
Ronaldu o`yin vaqtida burnini sindirib oldi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasining 5-turidan o`rin olgan Chexiya termasiga qarshi o`yinda burnini sindirib oldi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

Ma`lumotlarga ko`ra, u birinchi bo`limning o`n oltinchi daqiqasida darvozabon Tomash Vaklik bilan to`qnashib ketgan. Darvozabon Ronalduning burniga qo`li bilan zarba bergan.

Shundan so`ng Ronalduning burni qonagan. Terma jamoa shifokorlari qonni to`xtatishga muvaffaq bo`lishgan, shuningdek, futbolchining burniga doka yopishtirilgan. 

O`yin Portugaliya terma jamosi g`alabasi bilan 4:0 hisobida yakunlangan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1