Avvalroq Qirg`iziston va Tojikiston rasmiylari chegaradosh hududlardagi qurolli mojarolarni tartibga solish bo`yicha protokolni imzolashgandi. Imzolangan hujjatga qaramay chegarada yana otishma sodir bo`ldi.
Rasmiylar uzoq kutilgan jarayonni amalga oshirishdi. Ular Qirg`iziston va Tojikiston chegaradagi mojaro va uning oqibatlarini tugatish to`g`risidagi protokolni imzoladilar, deya xabar bermoqda Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbariga tayanib qirg`iz nashrlari.
"Umid qilamanki, protokolning barcha bandlari amalga oshadi, qirg`iz va tojik erlariga tinchlik va totuvlik keladi", — degan Qamchibek Tashiev.
Ma`lum qilinishicha, muzokaralar Botken viloyatidagi «Qizil-bel» nazorat-o`tkazish punktida bo`lib o`tdi. Ularda Qirg`iziston tomonidan Kamchibek Tashiev, prezidentning maxsus vakili Abdikarim Alimbaev va huquq-tartibot idoralari xodimlari, Tojikiston tomonidan — Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Saymo`min Yatimov, So`g`d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etishgan.