Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yarim finalda kubalik bokschiga qarshi bahs olib bordi.
Afsuski, mazkur jangda vatandoshimizga omad kulib boqmadi va u uch raund yakuniga ko`ra imkoniyatni boy berdi. Shunday bo`lsa-da, Ahmadaliev O`zbekiston terma jamoasiga hisob bo`yicha beshinchi bronza medalini taqdim qildi.
Bronza medalini rasman taqdirlash marosimi ushbu vazndagi barcha janglar yakuniga etganida bo`lib o`tadi.





