1

Samarqandda eski binoni ijaraga olib berish evaziga tadbirkordan 8 ming dollardan ortiq pul undirgan shaxs ushlandi

Jamiyat 27.09.2022, 09:07
Samarqandda eski binoni ijaraga olib berish evaziga tadbirkordan 8 ming dollardan ortiq pul undirgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida fuqaro tadbirkordan eski binoni ijaraga olib berishni va`da qilib, 7 900 dollar va 2,2 million so`m pul undirgani aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda J.A. «I.G.» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli eski terapiya bo`limi binosini 49 yil muddatga ijaraga olib berishni va`da qilib, evaziga tadbirkorning 7 900 dollar va 2,2 million so`mini qo`lga kiritgani aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Buxoro viloyati Jondor tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan R.A. «R.S.» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbarining ishonchiga kirib, 141,6 million so`mlik avtomobil shinalari hamda yonilg`i moylash mahsulotlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1