Eronda Maxsa Aminining hijob tufayli polisiya tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Shu sababli yuzaga kelgan tartibsizliklarda qurbonlar soni 40 nafardan oshdi.
Biroq huquq himoyachilarining fikricha, haqiqiy raqam bundan ham ko`proq bo`lishi mumkin. Osloda joylashgan Eron nohukumat tashkiloti qurbonlar soni 76 nafarga etganini ma`lum qildi.
Shuningdek, qonun himoyachisi IHR tashkiloti esa yakshanba kuni kamida 57 namoyishchi halok bo`lganini ta`kidladi.
Amnesty International tashkiloti 23 sentyabr kuni kamida 4 nafar bolaning o`limi va "namoyishchilarga ataylab va noqonuniy ravishda o`q uzilgani" haqida xabar berdi.
Namoyishlar chog`ida eronliklar erkinlikni cheklovchi qonunlarga qarshi ekanligini bildirmoqda. 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi, biroq Eronning yirik shaharlarida odamlarning ko`chalarga ommaviy chiqishi davom etmoqda.
Inson huquqlari guruhlariga ko`ra, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan foydalangan, shuningdek, quroldan o`q uzgan, namoyishchilar esa ularga qarata tosh otgan, polisiya avtomobillariga va jamoat binolariga o`t qo`ygan.
Shu bilan birga, Istanbul, Parij, London, San-Fransisko va dunyoning boshqa shaharlarida yuzlab namoyishchilar shiorlar bilan yurishmoqda.
Internet cheklovlari, jumladan, Instagram va Whatsapp'ning bloklanishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda Tehron, Yazd, Isfaxon va Busherda norozilik namoyishlari aks etgan yangi videolar tarqalmoqda.






