AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`yicha qo`shma dasturi ishlab chiqilmoqda

'O`zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`yicha qo`shma dasturi ishlab chiqilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish yo`nalishlarida hamkorlikka oid 2022-2024 yillarga mo`ljallangan chora-tadbirlar qo`shma dasturi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Prezidentning “O`zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha 
2022-2026 yillarga mo`ljallangan Dasturni tasdiqlash to`g`risida” gi 2022 yil 8 fevraldagi PQ-120-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi tomonidan xorijning etakchi mamlakatlari bilan o`zaro foydali va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirmoqda.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 
17-18 avgust kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligiga amalga oshirgan Davlat tashrifi davomida “O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Atrof-muhit, suv va qishloq xo`jalik vazirligi o`rtasida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohalarida hamkorlik to`g`risidagi anglashuv memorandumi” imzolandi.

Anglashuv memorandumida belgilangan hamkorlik yo`nalishlarini samarali tadbiq etish maqsadida “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish yo`nalishlarida hamkorlikka oid 2022-2024 yillarga mo`ljallangan chora-tadbirlar qo`shma dasturi (“Yo`l xarita”) ishlab chiqildi.

“Yo`l xaritasi”ni aniq va manzilli investision loyihalar bilan to`ldirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyat xokimliklari bilan hamkorlikda umumiy qiymati 64 mln. AQSh dollari bo`lgan 
14 ta loyihani o`z ichiga olgan “2023-2024 yillarda Saudiya Arabistoni Podshohligining manfaatdor tadbirkorlari ishtirokida qoramolchilik, tuyachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ro`yxati” shakllantirildi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Atrof-muhit, suv va qishloq xo`jaligi vazirligiga yuborildi.

“Yo`l xaritasi“ning tez kunlarda imzolanishi va saudiyalik manfaatdor tadbirkorlar bilan qoramolchilik, tuyachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida qo`shma loyihalarni ishga tushurilishi O`zbekiston bilan Podshohlik o`rtasidagi munosabatlarda yangi sarvlaha ochadi.

    Boshqa yangiliklar