"Antisiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi". "O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

Jamiyat 30.09.2022, 11:11
"Antisiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi". "O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari va oktyabr oyining ilk kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha havo o`zgarib turadi, hududning katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, Kavkaz hududlaridan kuchsiz ifodalangan antisiklon kirib kelishida faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Kunduzi havo harorati 20-25° atrofida bo`ladi.

Ertaga 1 oktyabr kuni antisiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab va Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg`ir yog`adi, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15° bo`ladi, kunduzi 21-26° gacha pasayadi.

2 oktyabr kuni antisiklon ta`siri hali ham davom etadi. O`zbekiston bo`yicha quruq va salqin ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechasi termometr ustuni 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 21-26° atrofida bo`ladi.

Ushbu kunlarda shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1