Rio–2016 Olimpiada dasturidan o`rin olgan erkin kurash bo`yicha musobaqalarning 57 kilogrammgacha bo`lgan kurashchilar o`rtasida saralash bosqichi boshlandi.
O`zbekiston sharafini himoya qilgan Abbos Rahmonov ilk jangida kubalik Yovlis Bonnega qarshi gilamga chiqdi va 0:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Abbos Rahmonov Olimpiada o`yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Qolgan sportchilarimizga omad tilab qolamiz.