Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining taekvondo dasturidan o`rin olgan bellashuvlarga start berildi.
Ayollar o`rtasidagi 67 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nigora Tursunqulova ilk jangini shvesiyalik Elin Yoxanssonga qarshi boshladi.
Jangning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Qo`shimcha vaqtda esa jangdagi ustunlik bo`yicha hamyurtimiz g`alaba qozonib, keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritdi.





