Putin Ukrainani zudlik bilan harbiy harakatlarni to`xtatib, muzokara stoliga qaytishga chaqirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti bugun Kremlda Ukrainadan "ozod" bo`lgan hududlarni Rossiyaga qo`shib olish bo`yicha kelishuvlar imzolanganda aytdi.
Tadbir avvalida, Putin Donbassda halok bo`lgan jangarilar va siyosatchilarning ismlarini sanab, ularni Buyuk Rossiya qahramonlari deb atadi va ularning xotirasini bir daqiqa sukut saqlashga chaqirdi.
"Kiev DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining tanlovini hurmat qilishi kerak, faqat shu yo`l bilan tinchlikka erishish mumkin. Lugansk, Donesk, Xerson va Zaporojeda yashovchilar abadiy bizning fuqarolarimizga aylanadi!" deya takidladi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Putin Sovet Ittifoqini saqlab qolish bo`yicha 1991 yilgi referendumni esladi: millionlab odamlarning irodasiga qarshi bizning buyuk davlatimiz vayron bo`ldi, deydi.
Putinning aytishicha, Rossiya hech qachon DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisiga xiyonat qilmaydi. "Biz xavfsizlikni ta`minlaymiz va infratuzilmani tiklashga yordam beramiz.
Sovet Ittifoqi endi yo`q, o`tmishni qaytarib bo`lmaydi va zamonaviy Rossiyaga bu kerak emas, biz bunga intilmayapmiz" deydi nutqida.