Rossiyaning Kaliningrad shahrida Street Food Kaliningrad 2016 shahar piknigi ochilish marosimida tashrifchilar uchun o`zbekistonlik taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy va «Vkusniy Uzbekistan» loyihasi ishtirokchilari osh pishirib berdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, rossiyaning eng g`arbiy shahri aholisi va mehmonlari palovning uch xil: farg`onacha, toshkentcha to`y va samarqandcha turlarini tatib ko`rish va taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lgan.
Farg`onacha va toshkentcha to`y oshi O`zbekiston delegasiyasi tomonidan tayyorlangan bo`lsa, «Pryanosti i Papa» restoran loyihasi tashabbuschisi kaliningradlik Katerina samarqandcha osh damladi. Yosh pazanda ushbu palov resepti uchun ataylab Samarqandga borib kelganini ta`kidladi.
Kaliningradda ushbu festival 16 avgustda boshlangan bo`lib, 22 avgustga qadar davom etadi.
13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...22.06.2022, 15:14
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...