AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning uchta viloyatida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning uchta viloyatida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatida yomg`ir yog`adi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-26° ni tashkil etadi.  

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat    12-17° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar