1

O`zbekistonda havo soviy boshlaydimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

Jamiyat 03.10.2022, 11:41
O`zbekistonda havo soviy boshlaydimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26darajagacha ko`tariladi.

4 oktyabrdan 7 oktyabrgacha bo`lgan keyingi kunlarda ob-havoni antisiklonning janubi-g`arbiy periferiyasi belgilaydi.

5 oktyabrda antisiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol chang-to`zonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechalari 8-13daraja, kunduzi 4-6 oktyabrda 21-26daraja, 7 oktyabrda 23-28daraja atrofida bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1