AsosiyJamiyat

Buxoroda Qirg`iziston fuqarolarini soxta pasport tayyorlab, O`zbekiston chegarаsidan o`tkazib qo`ymoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda Qirg`iziston fuqarolarini soxta pasport tayyorlab, O`zbekiston chegarаsidan o`tkazib qo`ymoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro tumanida fuqarolarga soxta pasport tayyorlab berishni va`da qilgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament. 

Departamentning Buxoro tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga chet elga chiqish uchun taqiq qo`yilgan bo`lsada, tanishlari yordamida 3 600 AQSh dollari evaziga qo`shni Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi sifatida soxta pasport tayyorlab, O`zbekiston Respublikasi chegara postidan o`tkazib qo`yishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar