Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -75 kg vazn toifasida ishtirok ettgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo`ziev final jangida kubalik Arlen Lopesga qarshi kurash olib bordi.
Afsuski, ushbu jangda kubalik sportchiga omad kulib boqdi va u 3:0 hisobida zafar quchdi. Shunday bo`lsa-da, Bektemir O`zbekiston terma jamoasiga ikkinchi kumush medalni taqdim qildi.
Boks musobaqalarida yana ikki nafar hamyurtimiz – Fazliddin G`oibnazarov va Shahobiddin Zoirov oltin medal uchun kurashadi.





