AsosiyJamiyat

Chirchiqdagi yong`in joyiga energetika vaziri etib bordi

'Chirchiqdagi yong`in joyiga energetika vaziri etib bordi'ning rasmi

Chirchiq shahrida joylashgan "Maxam-Chirchiq" AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun, 4 oktyabr soat 08:40 larda qisqa portlash natijasida sexning sintez kalonnasida yong`in kelib chiqqani va voqea joyiga FVB xodimlari etib borgani haqida xabar bergan edik.

"O`zkimyosanoat" AJ matbuot xizmatiga ko`ra, hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar etmagan. Yong`inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari — energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a`zolari zudlik bilan etib borishgan va hozirda hodisa sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar