AsosiyJamiyat

Namanganda maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qilgani yuzasidan prokuratura ma`lumot berdi

'Namanganda maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qilgani yuzasidan prokuratura ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan To`raqo`rg`on tumanidagi 45-sonli maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qilganligi haqidagi holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, To`raqo`rg`on tumani XTB ga qarashli 45-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktor o`rinbosari lavozimida ishlagan O.Q. ruhiyatidagi o`zgarish tufayli 28.11.2021 yil yashash uyida o`z joniga qasd qilib, vafot etgan. 

Tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan.  

O`tkazilgan tekshirishda, O.Qo`chqorovga nisbatan uning oila-a`zolari yoki boshqa biron-bir shaxs tomonidan qo`rqitish, rahmsiz muomala qilish, sha`ni va qadr-qimmatini kamsitish holatlari bo`lmagani, o`z joniga qasd qilishiga ruhiyatidagi o`zgarish sabab bo`lgani aniqlangan.

Tekshiruv yakunga ko`ra O.Q.ning o`z joniga qasd qilganligi holati bo`yicha O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar