Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 64 kg vazn toifasida jang olib borgan hamyurtimiz Fazliddin G`oibnazarov final jangida ozarbayjonlik Kallozo Satomayorga qarshi bahs olib bordi.
Shiddatli kechgan bahsda bokschimiz 2:1 hisobida g`alaba qozondi va Olimpiadaning oltin medaliga sazovor bo`ldi.
Bu O`zbekiston uchun hisob bo`yicha to`rtinchi oltin medal bo`ldi. Bundan tashqari O`zbekiston hisobida 2 ta kumush va 7 ta bronza ham bor.





