AsosiyJamiyat

Chirchiqdagi zavodda sodir bo`lgan portlash bo`yicha hukumat komissiyasi tuzildi

'Chirchiqdagi zavodda sodir bo`lgan portlash bo`yicha hukumat komissiyasi tuzildi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan "Maksam Chirchiq" korxonasida sodir bo`lgan portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi.

Toshkent viloyatidagi "Maksam Chirchiq" zavodida 4 oktyabr, seshanba kuni ertalab portlash sodir bo`lgani to`g`risida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, bosh vazir o`rinbosari Jo`rabek Mirazamahmudov, favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo`ldoshev, ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Shuhratjon Sobirov, Toshkent viloyati va Chirchiq shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralarning mas`ul rahbarlari hamda xodimlari tomonidan zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda chaqnash oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etilgan.

Chaqnash natijasida ikki nafar ishchi-xodim engil turdagi tan jarohati olgan va ularning biri shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Chaqnash oqibatida kelib chiqgan yong`in soat 10:00 da to`liq bartaraf qilingan.

Chaqnash sabablarini o`rganish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo`l qo`ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan bosh vaziri o`rinbosari Jo`rabek Mirazamahmudov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzilib, belgilangan o`rganish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar