Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida yangicha qiyofa kasb etgan Chilonzor Oqtepa maydonining navbatdagi suratlari e`lon qilindi, deb yozadi “Daryo”.
Ma`lumot uchun, maydondagi avvalgi aylanma harakat bekor qilingan, maydonning ikki tomonida — Muqimiy va Lutfiy ko`chalarida piyodalarning er usti o`tish yo`llari qurilmoqda.
Ayni vaqtda, Muqimiy ko`chasidan to`g`ri Nurafshon va Samarqand Darvoza, Nurafshon ko`chasidan to`g`ri Muqimiy va Lutfiy ko`chalariga olib chiquvchi yangi chorraha qurilgan.