1

FIFA reytingi. O`zbekiston 77-o`rinda qoldi, top-10da faqat bir o`zgarish bo`ldi

Sport 06.10.2022, 17:51
FIFA reytingi. O`zbekiston 77-o`rinda qoldi, top-10da faqat bir o`zgarish bo`ldi

FIFA 6 oktyabr holatiga ko`ra milliy jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi. 

Kamerun (2:0) va Kosta-Rika (1:2) bilan o`rtoqlik bahslarini o`tkazgan O`zbekiston milliy jamoasi 77-o`rinda qoldi. Katanes jamoasi Osiyoda Eron (20), Yaponiya (24), Janubiy Koreya (28), Avstraliya (38), Qatar (50), Saudiya Arabistoni (51), Iroq (68), BAA (70) va Ummondan (75) so`ng 10-pog`onani egallab turibdi.

Top-10da esa faqat bir o`zgarish bo`ldi — Italiya Ispaniya bilan o`rin almashdi.

1. Braziliya 
2. Belgiya
3. Argentina
4. Fransiya
5. Angliya
6. Italiya
7. Ispaniya
8. Niderlandiya 
9. Portugaliya 
10. Daniya

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1