1

Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

Jamiyat 07.10.2022, 10:15
Teglar: Qarshi, O`zbekneftgaz
Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz” AJ va uning tizim korxonalari ishtirok etmoqda. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar qildi. 

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev hamrohligida neft-gaz korxonalarining alohida ko`rgazma stendi hamda yangi turdagi sintetik yoqilg`ilari, yuqori sifatli polimer mahsulotlari, tomchilatib sug`orish tizimi ehtiyot qismlari, kompozit panellari, xalq iste`moli mollari, keng spektrdagi yoqilg`i mahsulotlari hamda importdan xarid qilinadigan TMB namunalari bilan tanishib chiqdilar.

Yarmarkada respublikaning barcha viloyatlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi korxonalar ishtirok etgan bo`lib, shundan 100 ga yaqin korxonalar bevosita o`zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari namunalari bilan qatnashdilar.

Mazkur sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “Uzbekistan GTL” MChJ yangi turdagi sintetik yoqilg`ilari, “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK va “Sho`rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ korxonalari o`zlarining yuqori sifatli polimer mahsulotlari, shuningdek ularni qayta ishlash natijasida chiqarilgan polimer quvurlari, tomchilatib sug`orish tizimi ehtiyot qismlari, kompozit panellari, xalq iste`moli mollari, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ keng spektrdagi yoqilg`i mahsulotlari hamda “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”, “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Gazli gazni qayta ishlash zavodi”, “Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi”lar importdan xarid qilinadigan TMB namunalari bilan qatnashmoqda.

Shuningdek, “Maxsusenergogaz” AJ, “O`zneftgaz burg`ulash ishlari” MChJ, “O`zneftgaz quduq ta`mirlash” AJlar hamda “O`zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi “Gissarneftgaz” va “Aziya trans gaz” qo`shma korxonalari o`zlarining alohida ko`rgazma stendi bilan ishtirok etmoqda.

Tadbirda neftgaz sanoati tarmoq korxonalari ehtiyoji uchun bugungi kunda importdan xarid qilinayotgan 500 dan ortiq turdagi mahsulotlar, butlovchi qismlar, materiallar (sharli kranlar, zadvijkalar, kimyoviy reagentlar, moylash materiallari, podshipniklar, burg`ulash quvurlari, neftgaz uskunalari, o`lchagichlar va hokazo) namunalari namoyish etilmoqda.

Yarmarkaning birinchi kunida mahalliylashtirish va tarmoqlararo kooperasiya yo`nalishida bir qator amaliy kelishuvlar va muzokoralar o`tkazildi.

Jumladan;

- “Uzpromarm” MChJ – “O`zbekneftgaz” AJ tarmoq korxonalari ehtiyojlari uchun boshqarish-to`xtatish klapanlarini etkazib berish jadvalini ishlab chiqish va bu orqali ehtiyojlarni qoplashni o`z vaqtida ta`minlashga erishish;

- “Chilon Lubricants” MChJ – “O`zbekneftgaz” AJ tarmoq korxonalaridagi siquv kompressor stansiyalarida (SKS) ishlatiladigan import moylarni ishlab chiqarish bazasida o`zlashtirishni ta`minlash va bu orqali nafaqat korxonaning balki respublikaning importini qisqartirishga erishishni ta`minlash;

- “Drill Flot Asia” MChJ – “O`zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish bazalarida ishlatiladigan yuqori bosimli shlanglarni ehtiyoj asosida etkazib berish va mahsulot sifatini kafolatlash hamda dizel dvigatellariga xizmat ko`rsatish yo`nalishida.

 

Bundan tashqari, “Aziatskiy Mashinostroitelny Zavod” MChJ – “O`zbekneftgaz” AJ ehtiyojlari uchun talab etiladigan katta hajmdagi import uskunalarni va ularga ehtiyot qismlarni korxona tomonidan o`zlashtirishni ta`minlash maqsadida ko`p tarmoqli hamkorlikni tashkil etish;

- “Geotech Group” MChJ – “O`zbekneftgaz” AJ neft-gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi quduqlarda innovasion texnologiyalardan foydalangan holda neftgaz mahsulotlarini qazib chiqarish hajmlarini ko`paytirish bo`yicha hamkorlik qilish;

- “Carbon Polimer” MChJ – “O`zbekneftgaz” AJning metall quvurlarga bo`lgan ehtiyojini yangi turdagi 168-530 diametrli polimer quvurlar bilan bosish bo`yicha hamkorlik qilish;

- “Petro Pipe” MChJ - “O`zbekneftgaz” AJ ehtiyojlari uchun katta bosimda ishlovchi qurilmalar va apparatlar, tiqinlar va zichlagichlarni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o`rganish hamda hamkorlikni rivojlantirish.

 

Shuningdek, “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan mahsulotlar, butlovchi buyum, materiallar hamda xizmatlarni mahalliy korxonalar tomonidan etkazib berish bo`yicha ko`rgazmaning birinchi kunidayoq hamkorlik memorandumlari va kelishuvlar imzolandi hamda shartnomalar imzolandi.

 

Sharhlar

Qarshida bir oilaning 3 nafar bolasi is gazidan zaharlanib, ulardan biri vafot etdi

13.12.2022, 10:49

Qashqadaryo viloyatida yana is gazidan zaharlanish qayd etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, 11.12.2022 yil 11 dekabr kuni soat 10:20...
Qarshi aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

12.12.2022, 09:51

Noqulay ob-havo Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airports"Ma`lum qilinishicha, ko`rish chegarasining pasayishi, tuman va kuchli shamol "Azimut" aviakompaniyasi reysini Samarqanddagi...
Qarshida "Nexia-3” 20 yoshli qizni urib ketdi (video)

29.08.2022, 13:40

Qarshi shahrida mashina piyodani urib ketdi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 19 avgust kuni soat taxminan 16:30 larda fuqaro...
Toshkent-Qarshi yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdlari qatnovi ko`paytirildi

28.06.2022, 14:13

Yo`lovchilarga temiriyo`l transportida xizmatlar ko`rsatish ko`lamini yanada oshirish maqsadida 2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo`nalishida 780/779-sonli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1