1

Samarqandla o`tkazilgan Triatlon bo`yicha xalqaro musobaqa g`oliblari aniqlandi (foto)

Sport 08.10.2022, 18:16
Samarqandla o`tkazilgan Triatlon bo`yicha xalqaro musobaqa g`oliblari aniqlandi (foto)

Samarqand eshkak eshish kanalida boshlangan triatlon bo`yicha “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” bahslari yakunlandi.

30 ta davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo`nalishi – ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga va 10 kilometrga yugurish bahslarida bellashdi.

Musobaqaning ayollar o`rtasidagi bahsida jahon triatlon federasiyasi bayrog`i ostida qatnashgan Tous Xeskaga teng keladigani topilmadi. Xitoylik Xen Yu Lin ikkinchi va Vengriya vakilasi Naumi Sraszegi uchinchi o`ringa sazovor bo`ldi.

Erkaklar o`rtasidagi bahsda ispaniyalik sportchi David Kontero Del Kampo mutlaq g`olib deb topildi. Ikkinchi o`rinni Ruminiya sportchisi Feliks Duchampt, uchinchi o`rinni Lyuksemburg vakili Grigor Payet qo`lga kiritdi.

Musobaqa so`ngida g`oliblarga diplom, medal va esdalik sovg`alari topshirildi.

Ertaga 160 nafar havaskor hamda professional sportchilar o`rtasida triatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1