AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

'Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Kecha, 9 oktyabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko`chasi 79 uy qarshisida 4 ta mashina avtohalokatga uchraganligi to`g`risida videoxabar tarqaldi. 

 

Toshkent shahar IIBB holatni o`rganib, dastlabki o`rganish natijalarini e`lon qildi. Aniqlanishicha, ushbu avtohalokat ishtirokchilari, ya`ni haydovchilar:

1) 1981 yilda tug`ilgan  V.Sh. boshqaruvidagi 01 L 785 LB bo`lgan “Nexia 3” rusumli transport vositasi;
2) 1992 yilda tug`ilgan R.M. boshqaruvidagi 10 M 666 PA bo`lgan “BMW” rusumli  transport vositasi; 
3) 1992 yilda tug`ilgan T.I. boshqaruvidagi 01 Z 292 GB bo`lgan "Nexia 3" rusumli transport vositasi;
4) 1999 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi  30 E 701 UA bo`lgan "Lacetti" rusumli transport vositalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

Hodisa natijasida 01 Z 292 GB bo`lgan "Nexia-3" rusumli avtomashina haydovchisi va yo`lovchisi olgan tan jarohati natijasida, voqea joyida vafot etgan.

Vafot etganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, deyiladi xabarda.

Ma`lum  qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-kismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar