Pragadagi uchrashuvda Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan oldi, deya xabar bermoqda "asiaplust".
Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Fransiya prezidenti va Evropa Ittifoqi kengashi raisining taklifiga binoan Pragaga keldi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Evropa Ittifoqi kengashi rahbari Sharl Mishel ko`p soatlik muzokaralardan so`ng yakuniy bayonotni qabul qildi.
Ular BMT Nizomi va 1991 yilgi Olmaota deklarasiyasiga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar, unga ko`ra har ikki tomon bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olgan.
"Armaniston va Ozarbayjon yana bir bor BMT Nizomi va 1991 yildagi Olmaota deklarasiyasiga sodiqligini namoyish etib, bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan oladi. Tomonlar bu delimitasiya komissiyasi faoliyati va navbatdagi yig`ilish uchun asos ekanligini ta`kidladilar. Komissiya oktyabr oyi oxirida Bryusselda bo`lib o`tishi kerak”, deyiladi to`rt tomonlama uchrashuv yakunida qabul qilingan bayonotda.
Armaniston Evropa Ittifoqining fuqarolik missiyasini Ozarbayjon bilan chegaraga jo`natishga rozi bo`ldi. Ozarbayjon ham ushbu komissiya bilan hamkorlik qilishga rozi bo`ldi. Missiya o`z ishini oktyabr oyida boshlaydi va 2 oy ichida yakunlaydi.