Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Qo`yliq massivida joylashgan gaz quvurini mashina urib yuborishi natijasida avariya yuzaga kelgan. Bu haqda "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta`minoti filialining xabar berdi.
Natijada 8 ta ko`p qavatli uylardagi 220 ta xonadonda bugun soat 11:50 da gaz ta`minoti uzildi. Hozirda avariyani bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
"Ta`mirlash ishlari tugatilganidan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti yana qayta tiklanadi", — deyiladi xabarda.






