AsosiyJamiyat

Farg`onada umumiy qiymati 200 mln. so`mdan ortiq bo`lgan 20 ming 697 quti qalbaki sigaretalar sotuvi oldi olindi (video)

'Farg`onada umumiy qiymati 200 mln. so`mdan ortiq bo`lgan 20 ming 697 quti qalbaki sigaretalar sotuvi oldi olindi (video)'ning rasmi

Farg`ona vodiysi huquq-tartibot idoralari tomonidan umumiy qiymati 200 million so`mdan ortiq bo`lgan 20 ming 697 quti qalbaki sigaretalar sotuvi oldi olindi.



Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2ta avtomobil qo`lga olingdi, shuningdek, avtotransport vositasi egalaridan birining xonadoni tintuv qilindi. Tekshiruvlar natijasida avtomashinalar va xonadondan O`zbekiston aksiz markalari va raqamli markirovkalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari aniqlandi.

Bu borada tegishli chora-tadbirlar ko`rilyapti, gumonlanuvchilar qo`lga olinib, mahsulotlar musodara qilinmoqda. Biroq, shunga qaramay Farg`ona viloyatida noqonuniy sigaretalar bozori o`sishda davom etyapti. Noqonuniy sigaretalar bozorini o`rganish natijasida Farg`ona vodiysida nazorat sustligini yaqqol oydinlashdi – ko`rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramay, bu erda noqonuniy tamaki savdosi 20,4 foizga oshgan.

Nega? Nahotiki, shuncha urinishlar behuda bo`lsa? 
O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, Farg`ona vodiysida noqonuniy tamaki mahsulotlarini omma oldida yo`q qilish tadbirlari va reydlarni ko`paytirish zarur.

    Boshqa yangiliklar