AsosiyJamiyat

O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan tanlov e`lon qildi

'O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan tanlov e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi   "15 oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan quyidagi yo`nalishlarni muntazam yoritib kelayotgan OAV, jurnalistlar va blogerlar o`rtasida tanlov e`lon qildi.

  • qishloq ayollarini qadrlash va ularning hayot darajasini oshirish,  
  • har bir qishloq ayoli — e`tiborda,  
  • ayollarning baxti — jamiyatning baxti.

Ma`lum qilinishicha, tanlov uchun televidenie, radio, bosma va internet nashrlarida e`lon qilingan materiallar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi blogpostlarni joriy yilning 14 oktyabrigacha quyidagi manzillarga jo`natishingiz mumkin:

 Telegram bot: @jurnalist_uz_bot  

 Elektron pochta: info@jurnalistlar.uz

Eslatib o`tamiz, tanlovda 2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrgacha e`lon qilingan ijodiy ishlar qabul qilinadi.

G`oliblar maxsus diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar