2022 yilning o`tgan 9 oyi davomida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar filiallari tomonidan 26 735 ta, shundan 24 216 ta jismoniy shaxslarga tegishli va 2 519 ta yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan er uchastkalari va ko`chmas mulklariga kadastr pasporti tayyorlab berildi
Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining Axborot xizmati rahbari Nomoz Choriev ma`lum qildi.
Shuningdek, viloyatda 34 727 ta er uchastkalari va ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlar hamda tuzilgan bitimlar va 1 957 ta Qurilishi yakunlangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnomalar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.
Bundan tashqari, viloyatda tadbirkorlik maqsadlari uchun 3 547 ta (91,76) er uchastkalari ochiq elektron onlayn ausion savdolariga qo`yilgan.
Ma`lumot uchun, qishloq xo`jalik maqsadlarida dehqon xo`jaligi tashkil etish uchun onlayn elektron tanlov orqali 17 074 ta er maydonlari ausion savdolariga yuborilgan.
11.10.2022 12:18
Qashqadaryoda 9 oy ichida qariyb 27 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi






