AsosiyJamiyat

2023 yildan viloyat byudjetlari qo`shimcha mablag`larining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga beriladi

'2023 yildan viloyat byudjetlari qo`shimcha mablag`larining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga beriladi'ning rasmi

Shu bilan birga, kelgusi yildan viloyat byudjetlari qo`shimcha mablag`larining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga beriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablag`lar faqatgina “Tashabbusli byudjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishi belgilandi. Bunda “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun mablag`lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trillion so`mga etkaziladi.

“Shunda adolat bo`ladi, odamlar o`zlari hissa qo`shgan loyihalarni albatta asrab-avaylaydi”, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari mutasaddilar e`tiborini respublika bo`yicha 1,5 mingta mahalla aholisi birorta loyihaga ovoz bermaganiga qaratdi. Yaqinda mahallalarda raislar saylovi bo`lib o`tgani, yangidan saylangan raislar odamlarga va`dalar bergani, lekin taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan foydalanmayotganini ko`rsatib o`tdi. “Mudrab o`tirgan” raislarni faollikka chaqirish, kerak bo`lsa o`qitish kerakligi ta`kidlandi.

 

    Boshqa yangiliklar