AsosiyJamiyat

O`zbekiston Elchixonasi diplomatlari vaziyatni o`rganish uchun Rossiyaga jo`nab ketdi

'O`zbekiston Elchixonasi diplomatlari vaziyatni o`rganish uchun Rossiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Rossiyada o`qiyotgan talabalarning prezidentga yo`llab olingan videoxabari bugun ijtimoiy tarmoqlar bo`ylab keng tarqaldi.

Kursk viloyatida o`qiyotgan o`zbekistonlik talabalar video davomida Ukrainaga chegaradosh hududlarda toboro xavf ortib borayotgani, ta`lim muassasasidan 30 km uzoqlikda Atom elektro stansiyasi joylashgani va bu xavf Ukraini - Rossiya urushi sabab yanada ortayotganini ma`lsm qilishgan.

O`zbekiston TIV mazkur vaziyatda bayonot bilan chiqdi.

Vazirlik rasmiy vakiliga ko`ra, O`zbekiston Elchixonasi diplomatlari vaziyatni o`rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo`nab ketgan.

"Natijalar to`g`risida qo`shimcha xabar beramiz", — deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar