AsosiyJinoyat

O`zMUda yo`qolgan noyob asarlar ishi bo`yicha sud hukmi o`qildi

'O`zMUda yo`qolgan noyob asarlar ishi bo`yicha sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Avvalroq, Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII-XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd so`mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo`lgan 56 dona qo`lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon-toroj qilinganligi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi xabari berilgan edi. 

Toshkent shahar sudi Matbuot xizmatinig xabariga ko`ra, JIB Mirzo Ulug`bek tumani sudida mazkur ish yuzasidan axborot resurs markazi rahbariga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 60 yoshli sudlanuvchi ayol (1962-y.t) 2008 yilning 2-dekabridan to 2022-yilning 14-apreliga qadar O`zbekiston Milliy Universitetining Axborot resurslar markazi rahbari bo`lib ishlagan.

Sudlanuvchi mansabdor shaxs bo`la turib, xizmat vazifalariga tarixiy va madaniy meroslarni saqlash va yaxlitligini ta`minlash kirsa-da, noqonuniy daromadlar orttirish maqsadida, jinoyat ishining qismi alohida ish yurituviga ajratilgan shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktiradi.

Aniqlanishicha, ular bir guruh shaxs bo`lib, unga ishonib topshirilgan va uning ixtiyorida bo`lgan Axborot resurs markazi “Sharqiy” fondining umumiy bahosi 2 mlrd 656 mln 600 ming so`m qiymatga ega noyob - 57 ta tarixiy qo`lyozma asarlarini, XIII-XIX asrlarga oid 12 ta toshbosma va 9 ta tarixiy hujjatlarini talon-toroj qilib, juda ko`p miqdorda davlat manfaatlariga zarar etkazgan.

Shuningdek, sudlanuvchi ayol o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, sodir qilgan og`ir jinoyatining izini yashirish maqsadida Axborot resurslar markazining o`ta muhim ahamiyatga ega, tarixiy-madaniy qimmatliklar haqida ma`lumot beradigan 341 ta inventar kitoblarini taqdim qilmasligi oqibatida 45 ta noyob qo`lyozmalar, 104 ta noyob toshbosmalarni, ya`ni davlat va jamoat tarixiy-madaniy boyliklarining yo`qolib ketishiga sabab bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan sud hukmi o`qildi. Sudlanuvchi JKning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga uzil kesil 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar