Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, sevimli aktrisamiz "Osmondagi bolalar-3” badiiy filmida shifokor Oypopuk roli ijrochisi Dilnoza Kubaeva film xaqida fikrlarini bildirdi:
Zulfiqor Musoqovda ishlashni juda xohlar edim va oq xalatli shifokor rolini ijro etishni istardim, mana birin-ketin orzularim ushalyapti.
“Osmondagi bolalar-3” filmida Oypopuk rolini, shifokor va biroz dardi bor ayol obrazini ijro etyapman.
“Osmondagi bolalar” filmining birinchi va ikkinchi qismlari juda ham yaxshi chiqqan edi. Filmning uchinchi qismi ham xuddi shunday muvaffaqiyatli chiqarmikan? Filmga baho beradigan hurmatli tomoshabinlarimizdir, lekin men ijobiy yondashuv va qarashlarimdan kelib chiqadigan bo`lsam, ishonamanki, filmning uchinchi qismi ham, albatta, muvaffaqiyatli chiqadi! Chunki niyatlarimiz chiroyli, harakatlarimiz chiroyli. Ijodiy jamoamiz mukammal, professional, barchamizning maqsadimiz oliy. Film chiroyli chiqsin, tomoshabinlarga manzur bo`lsin va ularning qalbidan o`rin egallasin!






