AsosiyJamiyat

Rossiya fuqarosining "Afrosiyob"da unutib qoldirgan sumkasidan qariyb yarim mln rubl chiqdi

'Rossiya fuqarosining "Afrosiyob"da unutib qoldirgan sumkasidan qariyb yarim mln rubl chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni “Toshkent-Qarshi” yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan "Afrosiyob" poezdida ketayotgan Rossiya  fuqarosi Samarqandda tushayotib, sumkasini unutib qoldirgan. Bu haqda Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar bermoqda.

Sumkaning ichida 2000 AQSh dollari, 5180 Evro, 11500 Rossiya rubli, 1 dona noutbuk va telefon apparati shuningdek, shaxsiy buyumlari bo`lgan.

Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xodimlari tomonidan zudlik bilan olib borilgan surishtiruvlar natijasida qo`l sumkasi topilib, buyumlari to`liq xolatda o`z egasiga qaytarildi.

                                                                                            

    Boshqa yangiliklar