AsosiyJamiyat

"Eski zamonlar endi qaytmasligini bilishsin ushalar" — Sherzodxon Qudratxo`ja O`zJOKU rektori sahnalashtirilgan video uchun talabaning IIBga chaqirtirilgani bo`yicha munosabat bildirdi

'"Eski zamonlar endi qaytmasligini bilishsin ushalar" — Sherzodxon Qudratxo`ja    O`zJOKU rektori sahnalashtirilgan video uchun talabaning IIBga chaqirtirilgani bo`yicha munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda talaba-qizlar uyidan haydab chiqarayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamaga sabab bo`lgandi.

Shundan so`ng holat yuzasidan O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rasmiy munosabat bildirib, mazkur video universitetning 1-bosqich talabasi tomonidan sahnalashtirilganini, ijara uylarning narxi ko`tarilishi yuzasidan ishlab chiqilganini ma`lum qilgandi.

Oradan biroz vaqt o`tib esa kvartira egalari studentlarni ko`chaga xaydalganini sahnalashtirgan yigit IIBga chaqirildi. 

"Bu meni aybim edi. Video sahnalashtirilganini hech qaerda aytmagandim", — deydi u intervyuda.

Holatga O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo`ja munosabatini bildirib, eski zamonlar endi qaytmasligi kerakligini aytdi

U bu haqda Facebook sahifasida post qoldirdi.

"Talabaga biz ta`lim beramiz, unga kasbiy mahoratga ega bo`lish va komillik yo`llariga chiqishida Ustozlik qilamiz! Kecha maktabni bitirib kelgan o`spirin bolani 4-6 yilda “proffi” qilamiz. Bu og`ir tegirmon zanjiri har yil, har 4 yilda sikl bo`lib aylanaveradi. Ularga qo`shilib bizning umrimiz o`tayotkanini ham sezmaymiz.

Yaxshi bir kadr tayyorlash uchun ko`o`pgina professor, dosentlar, amaliyotchilar mashaqqatli mehnat qiladilar. Goho o`z ota-onasi bermagan tarbiya, mehr-muruvvatni bajonidil beramiz, kunu-tun, dam olish kunlari ham birga bo`lamiz… Demak-ki uni koyishga, ustozlardek nasihat qilishga xaqqimiz bor.

Ammo nechun talabaning professsional faoliyati uchun bizdan o`tib, bizdan degani - kafedra, dekanat, tyutorlar, rektoratdan so`ramay ichki ishlar idorasi, yo boshqa idoralarga “profilaktik suhbat” uchun talabamizni chaqirishadi? Nima uchun buni videoga olib rolik qilib ijtimoyi tarmoqlarda tarqatishadi? Nimaga “uzr” so`rashga majburlashadi, yuzini xammaga ko`rsatib? ", — deydi u.

Universitet rektorining fikricha, eski zamonlar endi qaytmasligi kerak. 

"Yo eplasalar kelib dars berishsin", — deydi Sherzodxon Qudratxo`ja.

Uning ma`lum qilishicha, bu masalada shaxsan shug`ullanadi.

"Talabalarimizni xafa qildirmaymiz, o`zimiz ta`limu-tarbiya berishga qodirmiz, o`zimiz yaxshi ish bilan ta`minlaymiz!

“Chumchuq so`ysayam qassob so`ysin” bekorga deyishmagin oqillarimiz…", — deydi u.

    Boshqa yangiliklar