Ijtimoiy tarmoqlarda "Next Generation Product” MChJ, “Artel Electronics” MChJ kompaniyalari bilan bog`liq xabarlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
"Next Generation Product” va “Artel Electronics" tarkibiga kiruvchi bir nechta ishlab chiqaruvchi korxonalar bo`yicha turli xabarlar tarqala boshladi. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish va bildirilayotgan fikrlarga qarata Artel' matbuot xizmati o`z rasmiy munosabatini e`lon qildi.
Ma`lum bo`lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi holatlar ilgari ham ko`p kuzatilgan.
Qayd etilishicha, "Next Generation Product” MChJ tomonidan joriy yilning shu kuniga qadar 15 dan ortiq davlatga qiymati 22,0 million AQSh dollarlik tayyor mahsulotlar eksport qilingan. Buning natijasida qo`shilgan qiymat solig`idan 23,1 mlrd so`m miqdoridagi manfiy farq o`rnatilgan tartibda qaytarilgan.
Bu kabi eksport qilishdan xosil bo`lgan QQSning manfiy farqi korxonalar: Techno Continental” MChJga 24,1 mlrd, “Quality electronics" MChJga 14,1 mlrd, “Quality Device” MChJga 12,4 mlrd, “Prime Electric Engineering” MChJga 3,9 mlrd so`m miqdorida o`rnatilgan tartibda qaytarilgan.
"Bu qadar" imtiyoz va preferensiyalardan foydalanilgan bo`lishiga qaramasdan, “Artel Electronics" MChJ korxonalar guruhi tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan 2022 yilning o`zida davlat va mahalliy budjetga 527 mlrd so`mdan ortiq soliq va bojxona to`lovlari amalga oshirilgan.
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, “Artel Electronics" MChJ tarkibiga kiruvchi korxonalarga ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidek maxsus, alohida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmagan", — demoqda Artel' matbuot xizmati.
Munosabatda aytilishicha, bu kabi xabarlar kompaniya imidjiga putur etkazib, uni obro`sizlashtirishga olib keladi.
"Xalqaro jurnalistika amaliyotida (best practices), kompaniya haqida muayyan bir fikr bildirishdan oldin, kompaniya matbuot xizmati orqali kompaniya rasmiy pozisiyani bilish va shundan so`ng esa uni to`g`ri va asosli qilib yoritish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz", — deyiladi xabarda.






