Ijtimoiy tarmoqlarda “Yamal” aviakompaniyasining Moskva-Namangan-Moskva yo`nalishi bo`yicha LLM9205/9206 aviaqatnovi bekor qilingani haqida ma`lumotlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan "Uzbekistan airways" xabarga rasmiy izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 oktyabr kuni Rossiyaning Yamal aviakompaniyasining bortida 220 yo`lovchi bo`lgan havo kemasi Moskva vaqti bilan soat 15:40 da Domodedovo aeroportidan Namanganga uchishi rejalashtirilgan edi. Aviakompaniya ushbu aviaqatnovni amalga oshirish uchun nazorat qiluvchi organ – “O`zaviasiya” agentligi tomonidan tegishli ruxsatni olmaganligi bois, ushbu charter aviaqatnovi amalga oshirilmagan.
Xabarda Namangan xalqaro aeroporti ushbu aviaqatnovni bekor qilinishiga xech qanday aloqasi yo`qligi va aeroport xodimlari Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Namangandan Moskvaga qaytish kerak bo`lgan aviaqatnoq yo`lovchilarga vaziyat bo`yicha atroflicha ma`lumot taqdim etganligi aytib o`tilgan.






