AsosiyJamiyat

Qashqadaryodan davolanish uchun Samarqandga yuborilgan chaqaloq yo`qolgani aytilmoqda

'Qashqadaryodan davolanish uchun Samarqandga yuborilgan chaqaloq yo`qolgani aytilmoqda'ning rasmi

Qashqadaryolik er-xotin chaqalog`ini davolanish uchun Samarqand viloyatidagi shifoxonaga olib borilgan va u erda bolasi dom-daraksiz yo`qolgani haqida xabarlar paydo bo`ldi. Ona Z.J. ayni kunda farzandining na tirik va na o`likligini bilmasligini, Samarqand shahar ichki ishlar bo`limi tergovchisi ushbu holat bo`yicha jinoyat ishini yopib yuborganligi bayon qilingan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat bo`yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 124-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.  

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko`ra, harakatdan tugatilgan.

Ushbu qaror va ish hujjatlari Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan o`rganilganida, barcha holatlarga huquqiy baho berilmasdan, barvaqt qaror qabul qilinganligi bois, 12.10.2022 yilda qaror bekor qilinib, qo`shimcha tergov harakatlari o`tkazish uchun shahar IIO FMB huzuridagi TBga yuborildi.

Tergov ustidan prokuror nazorati o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar