AsosiyJamiyat

Chortoqda “Xalq banki” sobiq xodimlari 10 ta tadbirkorlik sub`ektlari rahbarlari bilan biriktirib, 1 mlrd. so`mni o`zlashtirib yuborgani aniqlandi

'Chortoqda “Xalq banki” sobiq xodimlari 10 ta tadbirkorlik sub`ektlari rahbarlari bilan biriktirib, 1 mlrd. so`mni o`zlashtirib yuborgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo`limi tomonidan ATB “Xalq banki” Qiziriq filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.S.” MChJ rahbari E.B. ushbu bank filiali mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida 1,7 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni maqsadsiz sarflganligi, kredit ta`minoti uchun garovga qo`yilgan noturar ko`chmas mulk binosi qiymatini sun`iy ravishda oshirib ko`rsatib, kreditnng asosiy qarzi va foizlari hisobidan bank manfaatlariga 1,8 mlrd so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Departamentning Chortoq tuman bo`limi tomonidan ATB “Xalq banki” Chortoq filiali murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu bank filiali sobiq xodimlari 10 ta tadbirkorlik sub`ektlari rahbarlari bilan o`zaro til biriktirib, bank muassasasidan tikuvchilik va chorvachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 42 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 1 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar