Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi 58-maktabda geografiya fani o`qituvchisi tomonidan 6-sinf o`quvchisi kaltaklagani aytilayotgan video tarqalmoqda.
Holatga Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
“Holat nazoratga olinib, ayni damda hududiy xalq ta`limi va ichki ishlar organlari tomonidan o`rganilayotganini ma`lum qilamiz.
Hurmatli blogerlardan o`qituvchini “vaxshiy” deb atashdan avval holatni tagiga etishni maqsadga muvofiq deb sanaymiz.
Hurmatli ustozlarimizdan esa bolani tarbiyalashda bunday usullarga bormasdan har qanday holatda og`ir va vazminlik saqlashingizni so`rab qolamiz!” - deyiladi xabarda.